O‘zbekiston harbiylari Rossiyaga yordamga yuborilishi rejalashtirilganmidi? Vazirlik izoh berdi
Jamiyat
−
26 iyun 2023
61666Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federatsiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay bo‘lib turgani, ammo vaziyat o‘zgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti rasmiy munosabat bildirdi.
“Mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi respublikadagi barcha elektron nashrlar va blogerlardan ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilmasliklarini so‘ragan. Shu bilan birga asoslanmagan yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab olgandi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, Prezident Vladimir Putin esa rossiyaliklarga murojaat bilan chiqdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi.
LiveBarchasi