Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Jamiyat

image

Yaponiya va Italiyada koronavirus tarqalishi munosabati bilan va ushbu virusning O‘zbekistonda tarqalishining oldini olish maqsadida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil 1 martdan Tokio va Rimga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida xavfsizlik choralari o‘rnatilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin va tibbiy nazoratidan o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda. 

Avvalroq, 1 martdan boshlab "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Janubiy Koreyada koronavirus avj olgani sababli Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, 27 fevraldan e’tiboran Saudiya Arabistonining Jidda va Madina shaharlariga ham barcha reyslarni vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Italiya Uzbekistan Airways

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing