Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi

Jamiyat

image

Germaniyada joriy yilning 27 mart kuniga belgilangan  aviatsiya xodimlarining ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways shu kuni Frankfurtga amalga oshiriladigan parvozni bekor qildi. Bu haqda Aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Germaniya aeroportlarida aviatsiya sohasi xodimlarining 27 mart kuni bir kun davomida (soat 00:00 dan 23:59 gacha) ish tashlashi rejalashtirilgani sababli mamlakat hukumati tomonidan aviakompaniyalarga tijoriy reyslarini bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Shu munosabat bilan, Uzbekistan Airways’ning Toshkent—Frankfurt—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY231/232 reyslari faqat shu kuni bekor qilingan va yo‘lovchilar 29 mart kuni navbatdagi HY231/232 reyslari bilan o‘z manzillariga yetkazilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan Moskvaga uchgan HY-601 reysi bortidagi 210 nafar yo‘lovchi “Vnukovo” aeroportida to‘rt soat davomida samolyotda qolib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Uzbekistan Airways Frankfurt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing