“O‘zbekfilm”ning soxta xodimi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
17 avgust
6589Toshkent shahri hamda Samarqand, Toshkent viloyatlarida bir nechta mas’ullar pora qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Jumladan, Toshkent shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zini go‘yoki “O‘zbekfilm” davlat unitar korxonasida mas’ul lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgan. U Toshkent viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan mahkuma ayol hayotiga bag‘ishlangan ko‘p qismli serialni suratga olish uchun Kinematografiya agentligi huzuridagi Badiiy kengashda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Ikkinchi bir holatda esa “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Janubiy kon boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashovchi 2 nafar fuqaroni ushbu kon boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan. Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur shaxs 2023 yilning sentyabr oyida “Zarmitan” koniga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, tumanda istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqarodan jami 9 ming AQSH dollari olgan va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Toshkent viloyatidagi holatda konsalting firma rahbari o‘zining yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali, poytaxtlik fuqaroga chet tilini bilish bo‘yicha milliy sertifikat olib berib, uni Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda esa mahbusning jazosini yengillashtirish uchun pora olgan qamoqxona boshlig‘i qamalgandi.