O‘zbek-tojik chegarasiga hujum qilganlar orasida ayollar ham bo‘lgan – IIV

Olam

image

Tojikistonda “Ishqobod” chegara zastavasiga hujum  qilgan guruhning shaxsini aniqlashtirish bo‘yicha tezkor-surishtiruv guruhi ishi davom etyapti.

Tojikiston IIV joriy yilning 6 noyabr kuni chegara punktiga hujum qilganlarning ko‘pi mamlakatning shimoliy qismidan ekanini o‘rgandi. Bu haqda “Asia Plus”ga IIV Matbuot kotibi Umarjon Imomali ma’lum qildi

IIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, jangarilar orasida ayollar ham bo‘lgan.

“Chegara zastavasiga hujum bo‘yicha Tojikiston Bosh prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochilgan”, dedi Umarjon Imomali aynan qaysi modda bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilganiga to‘xtalmay.

Bosh prokuratura “terrorchilik, qotillik, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” moddalari bilan ish ochilganini ma’lum qilgan. Tergov davomida Tojikiston Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan ham jinoyat ishi ochilishi mumkinlgi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston Milliy xavfsizlik xizmati “Ishqobod” chegara zpunktiga Afg‘onistondan kelgan ISHID jangarilari hujum qilgan, deb aytdi. Biroq Afg‘oniston kuch tuzilmalaridagi vaziyat bilan yaqindan tanish shaxslar bu axborotni tasdiqlamadi. Aksincha, afg‘on-tojik chegarasi yaxshi qo‘riqlanayotgani, jangarilar Tojikistonga o‘tishi uchun Panj daryosini kesib o‘tishi kerakligi, bu esa deyarli imkonsiz ish ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 6 noyabr kuni o‘zbek-tojik chegarasidagi punktga hujum natijasida 17 kishi halok bo‘ldi. Shundan, 15 nafari jangarilar, bir nafari askar va biri IIV xodimi. Qolgan 5 nafar jangari tiriklayin qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati ham tekshiruv o‘tkazayotgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston chegara

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing