O‘zbek-tojik chegarasiga hujum qilganlar kimligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 6 noyabr kuni o‘zbek-tojik chegarasida ro‘y bergan qurolli to‘qnashuv ISHID terrorchilik guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

6 noyabr kuni bir guruh odamlar Tojikistonning “Sultonobod” chegara otryadi harbiy qismiga qarashli 4-“Ishkobod” chegara punktiga qurolli hujum qilishdi. 

“2019 yil 3 noyabr kuni kunning qorong‘i vaqtidan foydalanib, guruh Afg‘onistonning hududidan maxsus topshiriqqa binoan noqonuniy ravishda o‘tib kelishgan (barchasi ISHID a’zolari)”,  deyiladi Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida. 

Ular Ishqobod chegara zastavasini eng qulay joy sifatida tanlab, qurolli otishmaga kirishishgan.  

Hujum paytida terrorchilar beshta o‘qotar qurolni tortib olishdi.  Xavfsizlik kuchlari tomonidan olib borilgan operatsiya natijasida,  qurshab olingan qurolli jinoiy guruhning 15 a’zosi zararsizlantirildi,  ulardan 5 nafari hibsga olindi. 

Qurolli otishmada chegara qo‘shinlarining bir askari va Tojikiston Ichki ishlar vazirligining bir xodimi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston chegara qurolli hujum

Baholaganlar

2108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing