O‘zbek professional bokschisi mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
06 aprel 2019 9221 1 daqiqa
Bugun Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan professional bokschimiz Sanjar Rahmonov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Las-Vegasda o‘tkazilgan jangda o‘zbek bokschisiga amerikalik Keyt Xanter raqiblik qildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Sanjar Rahmonovning profi ringda o‘tkazgan janglari soni 14 taga yetdi. U janglarining 11 tasini o‘z foydasiga hal etgan (5 ta nokaut). 1 ta durangga erishgan. Bugun faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Xanter uchun esa bugungi jang faoliyatidagi uninchisi bo‘ldi. U barcha janglarda g‘alaba qozonmoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr