O‘zbek paxtasiga boykot bekor qilinmoqda
Jamiyat
−
10 mart 2022
13504“Cotton Campaign” koalitsiyasi O‘zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Cotton Campaign” koalitsiyasi mazkur qarorni 2021 yilda O‘zbekistonda paxta yig‘im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmagani munosabati bilan qabul qilgan.
Ma’lumot uchun, “Cotton Campaign” dastlab 2009 yilda o‘zbek paxtasiga boykot e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro mehnat tashkiloti monitoring guruhi 2021 yildagi paxta terimi mavsumida O‘zbekistondagi 11 ming terimchi bilan suhbatlashgan, ularning 99 foizi o‘z xohishi bilan ishlayotganini aytgan. Barcha viloyat va tumanlarda majburiy mehnat bilan bog‘liq juda kam holat aniqlangan yoki umuman kuzatilmagan.
LiveBarchasi