O‘zbek-qozoq chegarasini demarkatsiya qilish to‘liq yakunlandi
Jamiyat
−
10 iyul 2023 4620 1 daqiqa
Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.
Keltirilishicha, davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma 2022 yil 22 dekabrda Toshkentda ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan va ikki mamlakat parlamentlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Ushbu shartnomaning kuchga kirishi Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilishning 19 yillik jarayoni to‘liq yakunlanishini anglatadi.
Uzunligi 2357 kilometr bo‘lgan chegara 1301 ta chegara belgisi bilan belgilanadi va sakkiz ming sahifadan ortiq demarkatsiya hujjatida aks ettiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Shuningdek, 2023 yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risi”dagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun ma’qullangan edi. iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnoma ratifikatsiya qilishga oid qonunni imzolagandi.
Live
Barchasi