Qirg‘iziston Tojikistondan qo‘lga tushgan chegarachini qaytarishni talab qilmoqda

Olam

image

Tojikistonlik harbiylar qirg‘izistonlik chegarachini hibsga olib, o‘zlarining hududlariga yubordi. Bu haqda bugun, 9 iyul kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) Chegara xizmati xabar berdi.

“2021 yil 8 iyul kuni davlat chegarasining Chashmagildan dovoni yaqinidagi qirg‘iz-tojik qismida yuz bergan otishma paytida MXDQ Chegara xizmatining bir nafar harbiy xizmatchisi tojik chegarachilari tomonidan ushlanib, Tojikiston hududiga olib ketilgan”, deyiladi xabarda. 

MXDQ ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ikki davlatning chegara vakillari “otishma sodir bo‘lgan joyda va ular ushbu faktni tekshirmoqda”.

Hisobotda qayd etilishisa, qirg‘iz tomoni Tojikistondan harbiy xizmatchini qaytarib berishni talab qilgan.

Avvalroq Qirg‘iziston Chegara xizmati 8 iyul kuni davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi Chashmagildan dovoni hududida chegara otryadi “tojik harbiylari tomonidan kutilmagan hujumga uchragani” haqida xabar bergandi. Qayd etilishicha, otishma paytida bir qirg‘iz harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan va “dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tojik tomonidan ham yo‘qotish va yaradorlar bor”.

Ma’lumot o‘rnida, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara uzunligi taxminan 950 kmni tashkil qiladi. Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin ikki davlat chegarasida o‘nlab bahsli uchastkalar paydo bo‘ldi. Demarkatsiya va delimitatsiya bo‘yicha muzokaralar jarayoni 2002 yilda faol tarzda boshlandi va o‘sha vaqtdan beri komissiyalar va ishchi guruhlarning ikki yuzga yaqin yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. 

Biroq, ba’zan mahalliy aholi o‘rtasida ziddiyatlar ikki mamlakat chegaralarida paydo bo‘lib, ular ko‘pincha qurolli to‘qnashuvlarga aylanib ketadi. Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylari o‘rtasida so‘nggi jiddiy mojaro joriy yilning aprel oyi oxiri — may oyining boshlarida sodir bo‘lgan. Ushbu to‘qnashuv oqibatda bir necha o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, yuzdan ziyod kishi yaralandi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Tojik-qirg'iz demarkatsiya delimitatsiya

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing