Tojikiston bilan chegaradagi otishmada Qirg‘iziston askari halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 8 iyul kuni Tojikiston bilan chegaradagi otishmada qirg‘iz askari halok bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati Matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

“Tojikiston chegarachilarining Qirg‘iziston chegara xizmati otryadiga qurolli hujumi oqibvtida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati xizmatining harbiy xizmatchisi, 1994 yilda tug‘ilgan serjant o‘ldirildi”, deyiladi xabarda.

Chegarachining o‘limi sabablari o‘rganilmoqda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tojik tomonidan ham vafot etganlar va yaradorlar bor.

“Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmatining Botken viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik va kuch tuzilmalari rahbarlari voqea joyida. Qirg‘iziston va Tojikiston chegara vakillari ushbu faktni tekshirishda davom etmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Matbuot xizmati.

Xabar berilishicha, 8 iyul kuni soat 17:00 da davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi Botken viloyatining Laylak tumani Naumin dovoni yaqinidagi qismida to‘satdan Qirg‘iziston chegara otryadi tojik chegarachilari tomonidan hujumga uchragan. Botken viloyati ma’muriyatining xabar berishicha, qurolli hujumdan so‘ng tojik chegarachilari ikki qirg‘iz askarini garovga olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 8 iyul kuni to‘rt qirg‘iz chegarachisi ot o‘g‘irlash uchun Tojikiston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani, otishma oqibatida ulardan ikki nafari jarohat olganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

360

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing