O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasini belgilash bo‘yicha yana muzokaralar o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston-Turkmaniston demarkatsiya (biron-bir ajratuvchi chiziq o‘tkazilishi va chegarani aniqlash) komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6-9 sentyabr kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilingan. Tadbir yakunida esa tegishli bayonnoma imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, ishchi guruhning avvalgi yig‘ilishi joriy yilning 5-11 iyun kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston demarkatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing