O‘zbek-qirg‘iz chegerasidagi to‘qnashuv sabab 6 kishi qamoqqa olingan – BP

Jamiyat

image

Joriy yil 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi So‘x tumani, Chashma qishlog‘ining Qirg‘iziston Respublikasi, Botken oblasti, Kadamjay rayoni, Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulog‘i bo‘yida Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergandi.

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida So‘x tumani Chashma qishlog‘iga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organ hodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik ko‘rsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan. 

Mazkur holat bo‘yicha 1 iyun kuni Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, chegara hududidagi to‘qnashuv ortidan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov So‘x tumaniga borgandi. U Botken viloyatida Qirg‘iziston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari (hozirda Bosh vazir) Kubatbek Boronov bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

891

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing