O‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi mojaroga nima sabab bo‘lgani oydinlashdi
Jamiyat
−
01 iyun 2020
56696Avvalroq, O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqani haqida xabar bergan edik.
OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi Chashma qishlog‘i aholisi va Qirg‘izistonning Chechma qishlog‘i aholisi bir birga toshlar otib, bir qancha ob’ektlarni yoqib yuborishgan.
Ikki qishloq aholisining mojarosi o‘sha yerdagi suvdan foydalanish ustida kelib chiqqan.
Qirg‘iziston tomonida militsiya odamlarni to‘xtatishga harakat qilgan. Bir necha kishi toshbo‘ronda jarohatlangan. Har ikki tomonda ham aholi uylari yoqib yuborilgan.
Ushbu mojarodan keyin Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani Aydarken shahridagi Umumshifokorlik amaliyot markaziga 15 nafar jabrlanuvchi kelgan. Ularning 4 nafari uyidan davolanyapti, ikki nafarining ahvoli og‘ir va ikki nafarining ahvoli qoniqarli holatda. Qolganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari holat bo‘yicha bergan axborotida yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun ikki davlat mahalliy hokimiyatining mas’ul rahbarlari voqea joyida uchrashishganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi