O‘zbek futbolini totalizatorga aylantirgan ikkinchi shaxs aniqlandi

Sport

image

Shu mavsumning o‘zida o‘zbek futbolini totalizatorga aylantirgan ikkinchi shaxs aniqlandi. Biri 5 yilga, ikkinchisi umrbodga futboldan chetlashtirildi. Bu haqda O‘zbekiston PFL direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.

“V SSSR seksa net” deganlaridek, O‘zbekistonda ham totalizator yo‘q. Ammo undan mo‘may pul ishlab, evaziga futbolni balchiqqa botirayotgan shaxslar topildi, faktlari bilan bor. Bunga kalavaning uchi sifatida qarash to‘g‘riroq bo‘lsa kerak. Ushlanganlardan biri tan olib aytyaptiki, agar ish prokuraturaga oshsa, u yo hammani sotib beradi yoki vaziyatdan quruq chiqib ketadi. Ishonamanki, futbolning qora olamida kayf qilib yurganlar borki, ish bosdi-bosdi bo‘lishi uchun kerak bo‘lsa bir necha million dollargacha taklif qilishadi. Agarki 1 ta o‘yinning narxi 15-20 ming dollarni tashkil qilayotgan bo‘lsa, 1 million ular uchun hech narsa emas. 

Mana shunday vaqtda O‘FA uchun tegishli organlarning yordami juda zarur. U IIBB bo‘ladimi, prokuratura yoki DXX bo‘ladimi, xullas, ularning ko‘magiga muhtojmiz. Chunki O‘FA o‘z vakolatiga kiradigan ishlarni qila oldi, qolganini O‘FA aybdor deb topganlar “tilga kirib”, aytib berishlari mumkin. Agar ish prokuraturaning jiddiy nazoratiga olinsa va oxirigacha borilsa, futbol ancha yengil nafas olishi katta ehtimol. Bunda na nomlar va na pullar rol o‘ynashi kerak, jinoyati bormi, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar javob bersin! 

O‘ylashimcha, o‘z vaqtida Italiya futbolida ro‘y bergan inqilob vaqti yetib keldi. Temirni qizig‘ida bosish shart. Yuqoridagi so‘zlarni ochiq aytayotganimning sababi ham aslida shu.  Bizda totalizator rasman yo‘q bo‘lgani bilan, fakt shuki, uni o‘ynashyapti. Bizning pullar Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina tomonlarga shunchaki oqib yotibdi, futbol esa buning kasofatiga kiradigan joyiga kirib ketgan. 

Ishonamanki, yangi avlod bu jiddiy muammoga qarshi kurasha oladi. Umid qilamanki, Kuperning galstugi yoki hamkasbining yurishlarini mavzu qilib olayotganlar ham va nihoyat jiddiyroq masalalar uchun birgalashib kurashadi. Bugun “qo‘lga tushgan” bitta laqmaning ortidan, unga sherik bo‘lgan yuzlab odamlar yurak hovuchlab o‘tirsa-yu, shu safar ham hamma birdek kurashmasa, bu futbol odam bo‘lmaydi”, deb yozadi Diyor Imomxo‘jayev o‘z Telegram kanalida.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Diyor Imomxo'jaev O'z PFL totalizator

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing