O‘zbek futbolida yilning eng yaxshilari taqdirlandi

Sport

image

Bugun, 26 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan 2020 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

“Paxtakor” klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov O‘zbekistonda 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida deb topildi.

Shuningdek, quyidagilar o‘z yo‘nalishida “eng yaxshi” deb topildi:

Zayniddin Tojiyev – O‘FA tomonidan 2020 yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi

Abduvohid Ne’matov – 2020 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi

Abdulaziz Abdurashidxonov – Pro ligada o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi

“Paxtakor” fan-klubi “Fidoyilik ramzi” sovrini g‘olibi

“Nasaf” jamoasi “Muxlislar mehri” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

Ahrol Risqullayev – O‘zbekistonda 2020 yilning eng yaxshi hakami

Akbar Usmonov – O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futzalchisi

Zuhriddin Qilichev – Eng yaxshi futbol jurnalisti. (SportTV sharhlovchisi)

Shota Arveladze – Superliganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi

Jaloliddin Masharipov – Superliganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi

Ro‘ziqul Berdiyev – 2020 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi.

Marosimda Superliga-2020 ramziy terma jamoasi ham e’lon qilindi. Yil terma jamoasidan quyidagi o‘yinchilar joy oldi:

Darvozabon: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”)
Himoyachilar: Murod Xolmuhammedov (“Qo‘qon-1912”), Yegor Krimets (“Paxtakor”), Farruh Sayfiyev (“Paxtakor”)
Yarim himoyachilar: Marko Stanoyevich (“Nasaf”), Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”), Murod Toshmatov (AGMK), Aziz Turg‘unboyev (“Navbahor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Dragan Cheran (“Paxtakor”).
Hujumchi: Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”).


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing