O‘zbek bokschilarining qit’a birinchiligi yarim finalidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Iordaniyaning Amman shahrida bo‘lib o‘tayogan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda. Xabaringiz bor musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar vakili turnir yarim finaliga yo‘l olishgandi.

O‘zbekistonlik bokschilarning finaloldi janglarda kimlar bilan to‘qnash kelishlari ma’lum bo‘ldi.

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Xarxu Enximandax (Mo‘g‘uliston);

-54 kg: Shahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston);

-57 kg: Abdumalik Xalakov - Gantumur Lunda (Mo‘g‘uliston);

-60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Bayarhuu Buyandalai (Mo‘g‘uliston);

-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Chu En Lai (Xitoy Taypeyi);

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Dulat Bekbaurov (Qozog‘iston);

-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Sumit (Hindiston);

-80 kg: Odiljon Aslonov - Bekjigit uluu Omurbek (Qirg‘iziston);

-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Ahmat Sulayman Al-Teimat (Iordaniya);

+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Nareendar (Hindiston).

Yarim finalda o‘zbek bokschilariga eng ko‘p mo‘g‘ulistonlik bokschilar raqiblik qilishadi. Umumiy uch nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga Mo‘g‘uliston vakillari to‘qnash kelgan. 

Ma’lumot uchun, qit’a birinchiligining yarim final bosqichiga eng ko‘p Qozog‘iston vakillari yetib kelishgan. Qo‘shni mamlakatning umumiy 21 nafar bokschisi finaloldi to‘qnashuvlarda qatnashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Osiyo chempionati

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing