O‘zbek bokschilari xalqaro turnirda 11 ta medal qo‘lga kiritishdi

Sport

image

Qozog‘istonning Kostanay shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha xalqaro turnir bahslari yakuniga yetdi. Musobaqada O‘zbekiston vakillari ham 10 nafardan ortiq bokschi bilan ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqishdi. -51 kgda Shodiyor Meliqo‘ziyev, 57 kgda Mirzabek Mirzaxalilov, 63,5 kgda Lazizbek Fattoyev, -86 kgda Jo‘rabek Toshtemirov va 92 kgda Nusrat Tohirov turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Sirojbek Ismoilov, Sherjahon Mirzabekov, Shohjahon Abdullayev kumush, Abdumajid Mannopov, Foziljon Abdumurodov va Sodirbek Kamolmirzayev bronza medal sohibiga aylanishdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Iordaniya poytaxtida ham boks bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Hozircha O‘zbekiston vakillari turnirda muvafaqqiyatli ishtirok etishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Boks MirazizbekMirzaxalilov

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing