O‘zbek bokschilari “Gubernator kubogi”da ham birinchi
Sport
−
12 may 2019 5932 1 daqiqa
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha nufuzli “Gubernator kubogi” xalqaro turniri yakuniga yetdi. Turnirda jahonning 20 ga yaqin mamlakatidan 120 dan ortiq charm qo‘lqop ustalari ishtirok etishdi.
O‘ninchi bor o‘tkazilgan turnirda o‘zbekistonlik bokschilar yuqori kayfiyatda ishtirok etishdi. O‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari Abdumalik Xalakov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-81 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi uchta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Oltin medallar:
O‘zbekiston - 3 ta
Ozarbayjon - 2
Rossiya - 1
Armaniston - 1
Belarus - 1
Braziliya - 1
Kuba - 1
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025