“O‘zavtosanoat” transformatsiya qilinadi va imtiyozlari xatlovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Ro‘yxatdan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekiston pochtasi”, “O‘zbektelekom”, “O‘zdonmaxsulot”, “O‘zavtosanoat”, “Toshshahartransxizmat”, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airports” va boshqa korxonalar o‘rin olgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat aktivlari agentligi 2020 yil 1 dekabrga qadar raqobat muhitiga ta’sir qiladigan imtiyoz va preferensiyalarni xatlovdan o‘tkazib, ularni bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasini O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritadi.

Korxonalarni transformatsiya qilish jarayonlari bilan birgalikda ular faoliyat yuritadigan sohada bozor munosabatlari tamoyillariga to‘liq o‘tish, raqobat muhitini shakllantirish hamda xususiy sektorni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

transformatsiya

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing