“O‘zavtosanoat” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Sardor Tojiyev “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati raisining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. Korporativ ma’lumot yagona portalidagi ma’lumotlar shundan darak beryapti.

Sardor Tojiyev kompaniya boshqaruvi raisining (Shavkat Umurzoqov) rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Sardor Tojiyev bungacha “O‘zavtosanoat” tizimida Strategik rejalashtirish boshqarmasini boshqargan.

Ma’lumot uchun, “O‘zavtosanoat” raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha avvalgi o‘rinbosari Umidjon Salimov o‘tgan yilning yanvarida Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tganidan beri (Salimov 2019 yilning iyulida “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan) bu lavozim bo‘sh qolayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zavtosanoat Sardo Tojiev

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing