“O‘zavtosanoat”ning 14 ta tashkilotdagi ulushlari sotuvga chiqariladi

Jamiyat

image

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida “O‘zavtosanoat” AJ faoliyatini transformatsiya qilish ofisini tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mashinasozlik tarmog‘ini transformatsiya qilish va sohada raqobatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Ushbu jarayonlarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi yetakchi bo‘lib, ishlarni muvofiqlashtiradi.

Yig‘ilishda tarmoqda raqobat muhitini rivojlantirish uchun kompaniya tarkibidagi ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan 23 ta korxonani xususiylashtirishga tayyorlash lozimligi qayd etildi.

“O‘zavtosanoat”ning asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan 14 ta tashkilotdagi ulushlarini sotuvga chiqarish vazifasi yuklatildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zavtosanoat

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing