“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi rahbari etib saylandi

Biznes

image

17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida "O‘zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi rahbari etib saylandi.

Gimnastika federatsiyasi rahbarligiga nomzodni tayinlash ovoz berish yakunlariga ko‘ra bo‘lib o‘tdi va Konferensiya ishtirokchilari ushbu mas’uliyatli lavozimga Ulug‘bek Ro‘ziqulovni bir ovozdan ma’qulladilar.

Konferensiya davomida Ulug‘bek Ro‘ziqulov o‘sib kelayotgan yosh avlod hayotida, qolaversa, ularning rivojlanishida sport muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib, Federatsiyaning Olimpiya harakatlarida yuksak nufuzga erishganini alohida ta’kidladi. Federatsiya bugungi kunda dunyoning 162 ta milliy gimnastika federatsiyalari ichida to‘rtta - sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin va sport akrobatikasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 9-o‘rinni egallab kelmoqda.

"Bugun O‘zbekiston gimnastikasi sportchilarimizning yirik xalqaro turnirlarda yuksak natijalar qayd etib, jahon arenalarida yuqori mavqega ega bo‘lmoqda. 2022 yilning dekabr oyida Davlat rahbari O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixida tub burilish yasovchi qarorni qabul qildi. Bu bilan Federatsiya oldiga ulkan vazifalar qo‘yildi va ishonchim komilki, gimnastikachilar, murabbiylar, shifokorlar hamda O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining butun jamoasi bilan birgalikda jamoamizning sportdagi salohiyatini saqlab qolish va uni oshirish orqali barcha maqsadlarimizga erishamiz," dedi Ulug‘bek Ro‘ziqulov.

“O‘zavtosanoat” ko‘p yillardan buyon milliy gimnastikani qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Kompaniya rahbariyati bundan keyin ham ushbu hayrli an’anani davom ettirish hamda sportchilarning yuksak natijalarga erishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishni maqsad qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zavtosanoat O'zbekiston gimnastika federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made