UzAutoMotors Lacetti va Cobalt'ga shartnoma berishni to‘xtatdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 dekabridan boshlab UzAutoMotors Lacetti va Cobalt avtmobillariga shartnoma berishni to‘xtatdi.

Uch kundan buyon UzAutosavdo ilovasi va maxsus botda Lacetti va Cobalt  kontraktatsiyasi imkonsiz bo‘lib qolmoqda, ya’ni mazkur rusumdagi avtomobillarga to‘lov uchun shartnoma berish to‘xtatilgan.

Hozirda shartnoma berilayotgan mashinalar ichida eng arzoni Onix bo‘lib qolmoqda. Ushbu avtomobilning narxi 152 million so‘mdan boshlanadi.

Qayd etish kerakki, Lacetti va Cobalt nisbatan hamyonbop mashina hisoblanadi. O‘zbekistonliklarning aksariyati aynan shu modellarni xarid qiladi.

Avvalroq Nexia-3 va Spark avtomobillariga ishlab chiqarishdan olingani tufayli shartnoma berish to‘xtatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAutoMotors

Baholaganlar

976

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing