“UzAutoMotors”ga ishga olib kirish uchun 42 000 dollar olgan firibgarlar qo‘lga olindi
Jamiyat
−
30 may 2020
8886“UzAutoMotors” AJga ishga kiritib qo‘yish evaziga fuqarolarning 42 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan “UzAutoMotors” AJning boshqarma boshliqlari va boshqalarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U-C” qo‘shma korxonasi AJ qo‘riqlash xizmati boshlig‘i A.Yu., korxona haydovchisi J.A. va boshqalar oldindan til biriktirib 31 nafar fuqaroning ishonchiga kirgan. So‘ngra ularni tumandagi “UzAutoMotors” AJga turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga, 42 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.Yu. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, "Agrobank" mansabdorlari ikki fermer xo‘jaligi pullarini talon-taroj qilgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi