“UzAutoMotors” 150 mln yevro xalqaro kredit jalb qiladi

Jamiyat

image

“UzAutoMotors” aksiyadorlik jamiyati Credit Suisse AG kompaniyaning London bo‘limi bilan 150 mln yevrogacha bo‘lgan summada xalqaro sindikatlashgan kredit to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” AJ xabar berdi.

Ushbu kelishuv bo‘yicha jalb qilingan mablag‘lar UzAuto Motors AJning investitsion loyihalarini moliyalashtirish, zavodni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan ta’minlash hamda aylanma mablag‘larini oshirishga yo‘naltiriladi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, ushbu investitsion loyihalarning amalga oshirilishi kompaniyaga General Motors yangi modellarini GEM platformasida ishlab chiqarishga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAutoMotors

Baholaganlar

639

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing