O‘z joniga qasd qilishga uringan Fyuri katta ringga qaytayotganini ma’lum qildi

Sport

image

Tayson Fyuri 5 dekabr kuni ringga qaytishini ma’lum qildi. Bu uning 2018 yilning avgust oyida italiyalik Franchesko Pyaneta ustidan qozongan g‘alabasidan keyingi birinchi jangi bo‘ladi.

Dekabr oyida o‘tadigan jang unga keyingi yil Entoni Joshuaga qarshi kurashga yo‘l ochib beradi. Fyurining og‘ir vaznda Deonteya Uaylderga qarshi uchinchi jangi 19 dekabrga belgilangan edi, ammo ma’muriy qiyinchiliklar tufayli sana o‘zgargan.

“Men 5 dekabr kuni Londonda jang qilishimni e’lon qilmoqchiman. Raqib juda yaqin orada e’lon qilinadi. (Biz) shunchaki bir nechta raqiblarni ko‘rib chiqamiz va bu kim bo‘lishini qisqa vaqt ichida sizga ma’lum qilamiz”, dedi bokschi.

Joshua dekabr oyida bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi ham jang qilmoqchi. Agar ikkala britaniyalik ham g‘alaba qozonsa, ular bir-biriga qarshi duelga chiqadi, jangning shartlari allaqachon kelishilgan.

Aprel oyida o‘zini izolyatsiyaga olgan Fyuri sport uni o‘z joniga qasd qilishdan qanday qaytargani haqida gapirgan edi. Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri xavotir, ruhiy tushkunlikdan aziyat chekkanini va o‘z joniga qasd qilishga tayyorligini tan olgandi. Ammo uni intensiv mashg‘ulotlar saqlab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Tayson F'yure

Baholaganlar

121

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing