O‘z joniga qasd qilgan andijonlik tadbirkorning otasi ham vafot etdi

3-sahifa

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 25 iyul kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanida “Rash-Milk” hamda “Recosement” brendlarining asoschisi, Andijonning eng tashabbuskor tadbirkori Rahmidin Mirzayev o‘z joniga qasd qilgan edi.

Xalq deputatlari Andijon shahar kengashi deputati Jahongir Jiyanovga ko‘ra, bugun, 27 iyul kuni marhumning janozasida uning otasi ham vafot etgan. 

Ba’zi ijtimoiy tarmoq vakillarining ta’kidlashicha, otasining o‘limiga janozada sodir bo‘lgan janjal sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Janjal tafsilotlari haqida esa mutassadilar hali rasmiy izoh bergani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Rahmidin Mirzayev vafoti yuzasidan Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

3541

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing