O‘z jiyani bilan bir yarim yil davomida jinsiy aloqada bo‘lishga uringan erkak ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 45 yoshli erkak salkam 1,5 yil davomida 10 yoshli jiyaniga uyatsiz xatti-harakatlar qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Sukut saqlama” (”Ne molchi”) loyihasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati tumanlaridan birida 2013 yilda tug‘ilgan qiz 2022 yilning fevral oyidan 2023 yilning iyun oyigacha o‘z tog‘asi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan. Dastlabki tergov hujjatlariga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan N.T. qizga zo‘rlik ishlatgan va qo‘rqitib kelgan. Unga yalang‘och holatda jinsiy a’zolarini ko‘rsatib, uni ham yechintirib jinsiy aloqa qilishga undagan.

Erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi (O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Unga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda erkak hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 iyul kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida 11 yashar qiz zo‘rlab, o‘ldirib ketilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing