O‘z yurtimizda chempionlikdan boshqasi bizga to‘g‘ri kelmaydi – Hasanboy Do‘smatov

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik bokschi, Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov joriy yilning may oyida Toshkentda o‘tkaziladigan Jahon chempionati bahslariga o‘zbek bokschilarining tayyorgarligi bo‘yicha fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda sportchi QALAMPIR.UZ’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Hozirgi vaqtda asosiy e’tibor Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun tayyorgarlik jarayonlariga qaratilgan. Yanvar oyidan birinchi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladik. Mundialgacha tayyorgarlik turnirlarida qatnashamiz. Jahon chempionati o‘z uyimizda o‘tkazilayotgani bizga ancha dalda bo‘ladi. O‘z yurtimizda chempionlikdan boshqasi bizga to‘g‘ri kelmaydi, shuning uchun bor imkoniyat bilan harakat qilamiz”, deydi Hasanboy Do‘smatov.

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘smatov havaskor boksda Olimpiadada chempion bo‘lishdan tashqari, Universiada va Osiyo chempionatida ham zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev ham sportchilarning bo‘lajak turnirga tayyorgarligi haqida fikr bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasanboy Do'smatov Rio-2016

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing