O‘z orzu-maqsadlarimizga in shaa Alloh erishamiz! – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident O‘zbekiston xalqida qo‘yilgan marralarga erishish uchun tabiiy resurslar, kuch va imkoniyat, salohiyat ham yetarli ekanini ta’kidladi.

”Shuni ta’kidlash kerakki, o‘z oldimizga qo‘ygan marralarga erishish uchun bizda tabiiy resurslar ham, kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetarli. Ortimizda tog‘dek tayanch va suyanch bo‘lib turgan ko‘p millatli, olijanob xalqimiz, hayot yo‘lida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan mo‘tabar nuponiylarimiz, mehnatkash, oqila opa-singillarimiz, ilg‘or va zamonaviy fikrlaydigan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlarimiz bor. Eng muhimi jamiyatimizda tinchlik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va mehr-oqibat muhiti hukm surmoqda. Biz barchamiz yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik, degan yagona maqsad atrofida birlashib, mas’uliyat va javobgarlikni his etgan holda, fidokorona mehnat qilib, o‘z orzu-maqsadlarimizga in shaa Alloh erishamiz!” deydi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yakunlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Murojaatnoma

Baholaganlar

194

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing