AOKA isloh qilinadi – Prezident OAVga bosim qilishda ayblangan agentlikni tanqid qildi

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Murojaatnoma davomida Prezident adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyati tanqidiy qayta ko‘rib chiqilishini aytdi.

“Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishning dastlabki davrida ommaviy axborot vositalarini keng qo‘llab-quvvatlash, ularni himoya qilish, davlat idoralarida axborot xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashkil etilgan edi.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ularni yanada rivojlantirish, mustaqil faoliyat yuritishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Agentlik faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish lozim, deb hisoblayman”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, Prezident kelgusi yilda ham so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yanada kuchaytirilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AOKA Murojaatnoma

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing