O‘zbekiston fuqaroligini berish bo‘yicha yangi tartib o‘rnatiladi
Jamiyat
−
29 dekabr 2020
5458O‘zbekistonga 2005 yilgacha kelib, doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligi beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirzyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tdi.
“Bu o‘zgarish bilan, yurtimizda yashab kelayotgan yana 20 ming kishi, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, bundan buyon O‘zbekistonda 15 yil davomida muqim yashagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolik berish tartibi joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning parlamentga yo‘llagan avvalgi murojaati natijasida 50 ming kishi O‘zbekiston fuqaroligini olish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi.
LiveBarchasi