Uyida bangixona tashkil etgan va klubda qoradori sotgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image
OITS ro‘yxatida bo‘la turib, 5 kishi bilan jinsiy aloqa qilgan 20 yoshli qiz ushlandi (video) north_east

OITS ro‘yxatida bo‘la turib, 5 kishi bilan jinsiy aloqa qilgan 20 yoshli qiz ushlandi (video)

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 8-9 fevral kunlari o‘tkazilgan “Oriat” keng ko‘lamli tadbirlarida bangixona tashkil etgan va tungi klubda giyohvandlik vositalarini sotib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Jumladan, Xorazm viloyatida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Yangibozor tumanidagi tungi klub ish boshqaruvchisi bo‘lgan 2004 yilda tug‘ilgan shaxs klubda mijozlarga giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Hodisa joyidan giyohvandlik vositasi, 2 dona bita, 2 dona pichoq va 1 dona elektroshoker ashyoviy dalil sifatida olindi.

Toshkent shahridagi holatda esa 1986 yilda tug‘ilgan shaxs esa 2 nafar jinoiy sherigi bilan birga Yunusobod tumanidagi xonadonda sintetik giyohvandlik vositasini igna orqali qabul qilib, bangixona tashkil etgani aniqlangan. O‘tkazilgan shaxsiy tintuvlar jarayonida ulardan birining yonida qora rangli paketga o‘ralgan sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining O‘zbekistonga olib kirilishiga qarshi tadbirda 2986 dona supurgining dastaklari orasidan 612 kilogramm qoradori topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tungi klub giyohvandlik vositalari bangixona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing