UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini hibsga olindi
Sport
−
18 iyun 2019
5329UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Fransiyada hibsga olindi. U JCH-2022 mezbonini tanlash vaqtida korrupsiyaga qo‘l urilgani bo‘yicha ochilgan jinoiy ish doirasida qo‘lga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Platini bugun, 18 iyun kuni hibsga olingan. Tergov doirasida Nikolya Sarkozi Prezidentligi davrida Fransiya hukumati tarkibiga kirgan siyosatchi Klod Gean ham so‘roq qilingan.
Qatar JCH-2022 ni o‘tkazish huquqini FIFAning 2010 yil dekabrdagi yig‘ilishi yakuni bo‘yicha qo‘lga kiritgandi. Shundan bir necha oy o‘tib ingliz nashrlarida tanlov qilinayotganda korrupsiyaga qo‘l urilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
FIFA korrupsiya fakti bo‘yicha mustaqil komissiyaga tekshiruv o‘tkazishni topshirgandi. 2014 yilda korrupsion kelishuv holati aniqlanmagani e’lon qilingandi.
LiveBarchasi