“Yetar!” UEFA rahbari Infantinoni iste’foga chiqishga chaqirdi

Sport

−

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) rahbari Aleksander Cheferin Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoni iste’foga chiqishga chaqirdi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, UEFA rahbari kecha, 29 sentyabr kuni Yevropa klublari assotsiatsiyasining umumiy yig‘ilishida Infantinoni tanqid qilib chiqqan. FIFA rahbari ham ushbu tadbirga taklif etilgan, biroq Infantino tadbirga bormagan.

“Endi “yetar” deyish vaqti keldi. Ortinggizdan merosingizni sotish muhokama qilinayotganini tasavvur qilib ko‘ring. Futbol unga rahbarlik qilayotganlardan ko‘ra muhimroqdir. Hech kim uning kelajagini sotish huquqiga ega emas. Futbol sotilmaydi. Bugun ham, ertaga ham”, deydi Cheferin.

FIFA’dagi janjal

Avvalroq, FIFA erkaklar, ayollar va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatlari huquqlarini xususiy investorlarga sotish bo‘yicha loyihani shakllantirgan edi. Bunga javoban Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqining barcha a’zolari ushbu tashabbusdan to‘liq voz kechilguniga qadar FIFA turnirlariga boykot e’lon qildi. 

UEFA pozitsiyasini Amerika va Osiyo konfederatsiyalari ham qo‘llab-quvvatladi. Ularning barchasi, jumladan, FIFA’ni yangi tijorat konsepsiyasini shakllantirishda shaffoflikning yetarli emasligida aybladi.

Janjal fonida FIFA rahbari maslahatchisining norozilik belgisi sifatida iste’foga chiqqani ma’lum bo‘ldi. UEFAda esa hatto JCHning o‘z versiyasini o‘tkazish rejasi ishlab chiqildi.

Keyinchalik FIFA Jahon chempionati huquqlarini sotish bo‘yicha janjalli rejani amalga oshirishdan voz kechdi. shuningdek, FIFA rahbariyati Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va JCH huquqlarini sotish loyihasidagi xatolarni tan oldi. Bundan tashqari, FIFA Janni Infantinoning obro‘siga putur yetkazishga bo‘lgan urinishlar haqida ma’lum qildi.

AQSH Futbol federatsiyasi FIFA boshqaruv tuzilmasida o‘zgarishlar qilishga chaqirdi – tashkilot bir qator boshqa futbol ittifoqlari bilan birgalikda qo‘shma bayonot e’lon qildi.

18 avgust kuni FIFA’ning bosh operativ direktori Kevin Lamurning ishdan bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi FIFA rahbari Janni Infantinoga qarshi jinoiy da’vo arizasi berishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Sentyabr oyi boshida janjalga qaramay, Infantino FIFA’dagi yangi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishi ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing