Infantinoning sobiq sevgilisiga “olti xonali” kompensatsiya to‘langani ochiqlandi
Sport
−
08 avgust 3199 1 daqiqa
FIFA prezidenti Janni Infantino UEFA’da rahbarlik lavozimida ishlagan davrida sobiq sevgilisiga kompensatsiya to‘lanishiga erishgan. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayol tashkilotning ma’muriy ofisida ishlagan. Infantino bilan munosabatlari boshlanganidan so‘ng, u rahbarlik lavozimiga ko‘tarilgan. Natijada uning maoshi 30 foizga oshib, 160 ming Shveysariya frankiga yetgan.
UEFA’ning sobiq prezidenti Mishel Platini Infantinoning xodim bilan ishqiy munosabatda bo‘lganidan norozi bo‘lgan. Oqibatda ayolning tashkilotdagi faoliyatini yakunlash va unga kompensatsiya to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
FIFA’ning amaldagi prezidentining sobiq hamkasblari to‘lov miqdori “kamida olti xonali summa” bo‘lganini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, UEFA ayolning MBA dasturida o‘qishi uchun yiliga 45 ming funt sterling to‘lagan.
UEFA ushbu kelishuvni tasdiqlagan va xodimning Infantino bilan ishqiy munosabatlari haqidagi gap-so‘zlardan xabardor bo‘lganini ma’lum qilgan. Tashkilot, shuningdek, ichki qoidalar “zamonaviy va nufuzli tashkilot standartlariga javob berishi uchun” kuchaytirilganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, Janni Infantino UEFA’da 2000 yil avgustidan ish boshlagan. U 2009 yildan 2016 yilgacha tashkilot bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. 2016 yil fevralida esa FIFA prezidenti etib saylangan.
Live
Barchasi