UEFA prezidenti: “Chempionatlar davom etishi kerak”
Sport
−
29 mart 2020
6285Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani bois barcha futbol musobaqalari to‘xtatildi. Ayrimlari bekor qilindi. Chempionatlarning qolgan qismini qachon boshlash haqida UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin izoh berdi.
"Chempionatlarni davom ettirish uchun biz uchta variantni ko‘rib chiqmoqdamiz. May oyining o‘rtalarida, iyun oyining boshida yoki iyun oyining oxirida musobaqalarni davom ettirishni rejalashtiryapmiz. Agar biz ushbu ishni amalga oshira olmasak, mavsumni yo‘qotishimiz mumkin. Biz ligalar va klublar rahbarlari bilan doimiy aloqadamiz. Biz ishchi guruh tuzganmiz. Eng yaxshi yechimni topishga harakat qilamiz. Bu orada biroz kutishimiz kerak bo‘ladi", dedi UEFA prezidenti.
Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi sababb futbol bo‘yicha Yevro-2020 musobaqasi 2021 yilga ko‘chirildi.
Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 662 967 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 30 851 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 141 953 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi