UEFA prezidenti Yevro-2020 formati tashkilotning xatosi ekanini tan oldi

Sport

image

Yevropa chempionatining 60 yillik yubileyiga bag‘ishlab, 2020 yilgi musobaqa qit’aning o‘n bitta mamlakatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Terma jamoalar va ularning muxlislari uchun noqulaylik tug‘dirgan reglament UEFAdagi tashkilotchilarning xatosi ekani tan olindi. 

“Yevro-2020 muxlislar uchun adolatsiz, jamoalar uchun juda qiyin o‘tdi, chunki ular musobaqa davomida juda katta masofani bosib o‘tishlari kerak edi”, deydi UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin BBC nashriga bergan intervyusida.

Musobaqa davomida Shveysariya eng uzoq — 15 485 kilometr, Shotlandiya esa eng qisqa — 1108 kilometr masofani bosib o‘tgan. Cheferinning ta’kidlashicha, bunday loyiha ortiq qo‘llab-quvvatlamanydi va amalga oshirilmaydi. 

“Bir kun Rimda, boshqa kuni Bokuda, keyingi bir necha kun ichida esa, kamida to‘rt yarim soatlik parvozlarni amalga oshirish muxlislar uchun adolatdan emas. Bu men prezidentlikka saylanishimdan oldin qabul qilingan format edi va men uni hurmat qilishga majburman. Bu qiziq g‘oya, lekin uni amalga oshirish qiyin. Menimcha, buni endi takrorlamaymiz”, deya Cheferin o‘z fikrini yakunladi.

Uchrashuvlar London, Glazgo, Amsterdam, Kopengagen, Sankt-Peterburg, Sevilya, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest va Budapeshtda bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi Yevropa chempionati esa 2024 yilda Germaniya yashil maydonlari o‘tkaziladi.

Ma’lumot o‘rnida, Yevro-2020 musobaqasi davomida futbolchilar allaqachon avtogollar (11) va amalga oshirilmagan penaltilar (8) soni bo‘yicha antirekord qayd etib bo‘lishdi. Final uchrashuvi joriy yilning 11 iyun kuni Londondagi “Uembli” stadionida Angliya va Italiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

UEFA Italiya Angliya Evro-2020 Aleksandr Cheferin Evro-2024

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing