Uyda COVID-19 ga chalingan bemor bo‘lsa, kasallanmaslik uchun nima qilish kerak?

Salomatlik

image

Agar oilaning bir nafar a’zosi COVID-19 ga chalinsa, bu boshqalar uchun muammo bo‘lmaydi. Oila a’zosidan kasallikni yuqtirib olmaslik kafolati qaysi omillarga bog‘liqligi va koronavirusdan qanday qilib to‘g‘ri himoyalanish mumkinligi haqida allergist-immunolog Vladimir Bolibok “Sputnik” radiosiga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.

“Koronavirus belgilari infeksiya yuqtirib olingach, darrov paydo bo‘lmaydi. Agar alomatlar paydo bo‘lmasa, odam tinchgina oilasi bilan muloqot qilsa bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda, bu uning yaqinlariga tahdid solmaydi, chunki infeksiya va kasallik o‘rtasida katta farq bor”, deya tushuntirdi Vladimir Bolibok.

Agar tanadagi immunitetni zaiflashtiradigan ba’zi bir qo‘shimcha omillar bo‘lsa, masalan, odam sovuqqotsa, asabiylashsa, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilgan bo‘lsa, kasal bo‘lib qolishi mumkin, deya tushuntirdi Vladimir Bolibok.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, hatto COVID-19 bilan kasallangan bemorning oila a’zolari orasida karantinda o‘tirishi ham infeksiyani 100 foiz yuqtirib olish mumkin, degani emas. Faqatgina har kim oddiy ehtiyotkorlik qoidalariga rioya qilishi shart.

"Inson barcha tavsiyalarni diqqat bilan bajarishi kerak. U alohida xonada o‘tirishi, oila a’zolari esa, doimiy ravishda qo‘llarini yuvishlari, niqobda bo‘lishlari va alohida idishlardan foydalanishlari lozim bo‘ladi. Shuningdek, uydagi ko‘pchilik foydalanadigan joylarni muntazam ravishda dezinfeksiya qilib turish kerak. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi", dedi immunolog.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus infektsiya

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing