Rossiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Olam

image

Rossiyaning ikki mintaqasida koronavirus infeksiyasining yangi XEC shtammi bilan bog‘liq ikkita holat qayd etildi. U omikron va FLiRT subvariantlariga o‘xshash alomatlarga ega. Bu haqda TACC xabar berdi.

“Rostov va Ufa viloyatida XEC shtammi bilan bog‘liq ikkita COVID-19 holati qayd etilgan”, deyiladi xabarda.

Nashrning yozishicha, rossiyalik mutaxassislar doimiy ravishda mamlakatda tarqalgan koronavirusning nukleotidlar ketma-ketligi molekulyar genetik monitoringini olib bormoqda. Shuningdek, Rossiyaning barcha sub’ektlaridan olingan musbat namunalar tekshirilishi ta’minlagan hamda VGARus yuqumli va parazitar kasalliklar patogenlari genomini dekodlashning yagona platformasida to‘plangan. 

Rossiya Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati virusning yangi shtammi aniqlanishi munosabati bilan hech qanday alohida ko‘rsatmalar bermagan, ammo virusning tarqalishi davrida fuqarolarga shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanishni, muntazam ravishda qo‘llarini sovun bilan yuvishni, kasal odamlar bilan aloqa qilmaslikni tavsiya qilgan.

“Agar o‘zingizni yomon his qilsangiz, ayniqsa keksalar va surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun uyda qolib, shifokorga murojaat qilish muhimdir”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, XEC – oldingi ikki omikron va FLiRT subvariantlari – KS.1.1 va KP.3.3 kombinatsiyasi natijasida hosil bo‘lgan rekombinant shtamm hisoblanadi. Uning ham belgilari boshqalariga o‘xshaydi: isitma, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, hidni sezmaslik, ishtahani yo‘qotish, tana og‘rig‘i, charchoq, bosh og‘rig‘i va burun oqishi. XEC Fransiyada eng keng tarqalgan bo‘lib, ketma-ket namunalarning taxminan 21 foizini, shuningdek, Germaniyada 15 foizni va Buyuk Britaniyada 8 foizni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabekov Nurmat O‘zbekistonda koronavirusning XEC shtammi qayd etilmaganini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus XEC

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing