Olimpiadada 40 dan ortiq sportchi koronavirusga chalindi – JSST

Sport

image

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarida 40 dan ortiq sportchi COVID-19 bilan kasallangan. Bu haqda bugun, 6 avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot kotibi Mariya Van Kerxove xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda ko‘plab mamlakatlarda mavsumdan qat’i nazar COVID-19 bilan kasallanish ko‘paygan. 

Ma’lum qilinishicha, 5 nafar avstraliyalik suv polochisi, suzish bo‘yicha uch karra Olimpiya chempioni britaniyalik Adam Piti, avstraliyalik suzuvchi Lani Pallister,  Belgiya terma jamoasidagi bir nechta sportchilarda COVID-19 aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ham koronavirusga chalingandi.

Zumrad Zaripova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sport Olimpiada koronavirus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made