Uyat sizlarga! Chempion Abdusattorovni aeroportda kutib olishga rasmiylardan hech kim kelmadi

Sport

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, joriy yilning 28 dekabr kuni o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Polsha poytati Varshavada o‘tkazilgan jahon chempionatida tezkor shaxmat bo‘yicha eng yosh jahon chempioni bo‘ldi.

Uning o‘yinini samolyotdan tomosha qilgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nodirbekni “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va ikki xonali uy bilan taqdirladi.

Ammo O‘zbekiston rasmiylari dunyodagi eng yosh chempionni kutib olishni eplay olmadi. Gap shundaki, Nodirbek Abdusattorov 1 yanvardan ikkinchi yanvarga o‘tar kechasi Toshkentga qaytdi.

Eng yosh chempionni kutib olishga esa na Turizm va sport vaziri – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov, na boshqa rasmiylar chiqdi.

“Shaxmatchilarimizni Turizm va sport vazirligi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mas’ul xodimlari, keng sport jamoatchiligi, shaxmatchilarning oila a’zolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi”, deya xabar bergan vazirlik o‘zining rasmiy sahifasida.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining rapid yo‘nalishida 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratib, rapid yo‘nalishida eng yosh jahon chempioniga aylandi.

Musobaqa davomida Nodirbek Karlsendan tashqari Fabiano Karuana (AQSH), Yan Nepomnyashiy (Rossiya), Levon Aronyan (Armaniston) kabi zamonamizning eng nomdor va yetakchi shaxmat ustalarini ham mag‘lub etdi.

Shu o‘rinda, O‘zbekistonda katta-katta fan olimpiadalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan, nafaqat mamlakatda, balki jahonda tengsiz deb topilgan iqtidorli bolalarni, shuningdek, sportning shaxmat kabi turlarida chempion bo‘lganlarni kutib olishda shu ahvol bot-bot takrorlanadi.

Vahonlanki, o‘tgan yili Tokioda o‘tkazilgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilarini kutib olish marosimida Senat raisidan tortib, Bosh vazirgacha turli darajadagi amaldorlar qatnashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nodirbek Abdusattorov

Baholaganlar

3328

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made