O‘tib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda yuz bergan eng muhim voqea-hodisalar sharhi
Tahlil
−
12 may 2019
15212O‘ZBEKISTON
Abdulaziz Yusupov: “Prezidentimga maktub”
Bugun Facebook ijtimoiy tarmog‘ida DXX tomonidan firibgarlikda gumonlanayotgan Said-Abdulaziz Yusupovga oid video paydo bo‘ldi. Videoni uning ukasi Muxammad Bahouddin Yusupov tarmoqqa joylagan.
Prezident tashrifidan keyin Uchtepa tuman hokimi lavozimidan ozod qilindi
Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumani rahbariyati, mahalla raislari, ziyolilar va mas’ul shaxslari bilan uchrashuvda tumanda sanoat ishlab chiqarishi Toshkent shahri ko‘rsatkichidan 2 barobar kamligi, boshqa sohalar ham eng past darajada ekanini ko‘rsatib o‘tgandi. Hokimning o‘z vazifasidan ozod etilishiga shu masalalar sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.
10 may kuni Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
Dastlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev Suzuk ota majmuasini ziyorat etib, Qur’on tilovat qilindi. Shuningdek, Prezident bu yerdagi uylarni, yog‘och qirmachilik va xattotlik ustaxonalarini kirib ko‘rdi.
Shundan so‘ng, Prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani Bog‘iston ko‘chasida qurilgan yangi uylarni ko‘zdan kechirdi.
Bog‘iston ko‘chasida 9 qavatli 24 ta uy bunyod etilishi loyihalashtirilgan. Hozirda 10 ta uyda qurilish yakunlanib, ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.
Shu kunning o‘zida Shavkat Mirziyoyev Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi masjidda bo‘ldi. Prezident bu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘lganini ta’kidlab, Shayx hazratlarining ilmiy merosini o‘rganish, ma’rifat va odob-axloq mavzularida ko‘proq kitoblar chop etish, jamiyatimizdagi ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar bergan.
Prezident Uchtepa tumani rahbarlari, mahalla raislari, ziyolilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev “Toshkent” avtovokzalidagi sharoit bilan tanishdi
Chilonzor tumanidagi "Toshkent" avtovokzali bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata olish imkoniga ega. Toshkentdan Yangiyer, Zomin, Samarkand, Zarafshon, Kattaqo‘rg‘on, Xatirchi, Uchquduq, Termiz, Denov, Buxoro, Qorako‘l va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kuniga 10 dan ortiq mahalliy reyslar amalga oshirilmoqda. Avtovokzal 168 ta zamonaviy avtobus bilan to‘ldirildi.
Shavkat Mirziyoyev Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayramda ishtirok etdi
Aktrisa To‘ti Yusupova og‘ir judolikka uchradi
9 may kuni O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning turmush o‘rtog‘i dublyaj rejissyori Mirg‘iyos Soatov 88 yoshida vafot etdi.
Ekstremistik tashkilot nomlari ro‘yxati ma’lum qilindi
Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 12 martdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra ekstremistik va terroristik deb topilgan sahifalar, kanallar va nomlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “najot.info” va “hizb-uzbekiston.info” veb-saytlari hamda “Facebook”, “Youtube” va “Telegram” axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi 40 ta profil, kanal va sahifalari ekstremistik va terroristik deb topildi.
Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Prezident zargarlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Yig‘ilishda davlat rahbari jahon zargarlik sohasidagi tovar aylanmasi 250 milliard dollardan oshayotgani, O‘zbekistonda bu tarmoq e’tibordan chetda qolgani endigi maqsad – zargarlikni chinakam sanoat darajasiga olib chiqish ekanligini ta’kidladi.
Video: ayol boshqa birovning oilasi buzilishida ayblanib, “samosud” qilindi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh ayollar tomonidan uyushtirilgan “samosud” holati tasvirlangan video tarqaldi. Iddaolarga ko‘ra, ayol zo‘ravon ayollardan birining oilasi buzilishiga sababchi bo‘lgani uchun “samosud” qilingan. Voqea Angren shahrida yuz bergani aytilmoqda. Bu kabi xunuk holat qachon yuz bergani va uning ishtirokchilarining shaxsi hozircha noma’lum. Holat yuzasidan Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlari hozirgacha ma’lumot bermadi.
Sergelidagi uylar arzonlashtiriladi. Vazifalar to‘liq bajarilmaguncha nazorat qattiq bo‘ladi
Xabaringiz bor, aprel oyida Sergeli tumanining 5-dahasida barpo etilgan arzon uylarning sifati va narxi masalasi ayrim e’tirozlarga sabab bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab tortishuv, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shu sabab 7 may kuni Sergeli tumani hokimligida komissiyalarning o‘rganishlari natijalari haqida aholi oldida hisobot berildi. Xalq g‘alaba qozondi. Asossiz ravishda ko‘tarilgan uylarning har bir kvatdar metri uchun 3 981 700 so‘m emas, uning haqiqiy bahosi 3 253 100 so‘m etib belgilandi
Video: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabrikladi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov va Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Mingbuloqdagi kondan ilk bor neft olinganini nishonlayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda vazir va hokim yangi neftni yuziga surtib, xursand bo‘lib turganini ko‘rish mumkin.
“Ahmadboy” ishi bo‘yicha sud oxirlab qoldi. Ayblanuvchilarning so‘nggi so‘zi tinglandi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha ayblanayotgan “Ahmadboy” laqabi bilan mashhur bo‘lgan chinozlik Ahmadjon Tursunboyev va uning sheriklariga so‘nggi so‘z berildi. Uch yildan beri qamoqda qolayotgan jinoyatchilarning navbatdagi sud ishi 20 may ko‘riladi. O‘shanda ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qib eshittirilishi kutilmoqda.
Samarqandda tungi reyd. Kimlar “ovlandi”?
Samarqand shahar hududida joylashgan tungi klublar, diskotekalar, kafe-bar va restoranlarda, internet klublarda nazorat tadbirlari, reydlar o‘tkazilgan. Tadbir davomida 10 nafar xotin-qizlarning tungi klublarda tegishli bo‘lgan ruxsatnomasiz raqqosalik faoliyatini olib borayotganligi, 24 nafar yoshlar tungi klublarda chilim mahsulotlarini is’temol qilishayotganliklari aniqlangan.
2019 yil uchun zakot, fitr va fidya nisoblari miqdori ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.
Toshkent xalqaro aeroportida Suriyaga terrorchilik maqsadida ketayotgan aka-uka ushlandi
Istanbul sari otlangan aka-uka Ubaydulla va Ismatulla Bahromovlar Turkiya orqali Suriya davlati hududidagi xalqaro terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilish maqsadida uchi bketmoqchi bo‘lishgan. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, U.G‘.Bahromovning mobil telefonlari xotiralarida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar mavjudligi aniqlanib qo‘lga olingan. Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida 6 may kuni Farg‘ona viloyatiga bordi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifi davomida 475 gektar maydonni egallagan, 70 mingdan ortiq kishi ishlayotgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga ham borib, loyihalar bilan tanishdi. Loyihalarga ko‘ra, bu yerda 2020 yildan boshlab “Yevro-4”, “Yevro-5” kabi yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish boshlanadi. Shuningdek, 2022 yilgacha kamida 875 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilishi haqida ham axborot berildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qo‘shtepa tumanidagi “Ipak gilamlar” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ma’lum bo‘ligicha, 200 nafar xotin-qiz ishlayotgan korxonada eksportni yiliga 500 ming dollarga yetkazish nazarda tutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev shu kuni Farg‘ona shahridagi “Listem-Fergana” qo‘shma korxonasini borib ko‘rdi. Shu yerda “Hyundai” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida elektromobillar ishlab chiqarish, Vodil ko‘mir konida ko‘mir qazib chiqarish, toshdan ekologik toza qog‘oz ishlab chiqarishga oid rejalar, “Farg‘onaazot” va “Qo‘qonsuperfosfat” aksiyadorlik jamiyatlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Temurbeklar maktabi”ni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizimni belgilab berdi. Endilikda maktablar bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz qabul qilinadi. Prezident Farg‘ona shahridagi “Temurbeklar maktabi”ga avtobus sovg‘a qildi.
Shu kunning o‘zida Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona tumanidagi “Komiljon ota Mamajonov” fermer xo‘jaligi dalasida viloyat dehqonlari bilan suhbatlashdi. “Hamma iqtisodiy sohalarda asosiy mezon – daromad. Manfaatdorlik bo‘lsa, ish, natija bo‘ladi. Bozor talabini o‘rganib, aql bilan ish tutilsa, daromad ko‘payadi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bir yil Farg‘ona viloyatida sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish yili bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni Farg‘ona shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda Prezident viloyatni 2019-2020 yillarda rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 26 trillion 401 milliard so‘mlik 643 ta loyihadan iborat yangi hududiy investitsiya dasturi ishlab chiqilgani, mazkur dastur doirasida 2,5 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi va 31 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shu kuni Prezidentning Farg‘onaga ikki kunlik tashrifi yakunlanib Toshkentga qaytib keldi.
JAHON
Alisher Usmonov Britaniya boylari orasida nechanchi o‘rinda
Angliyaning The Sunday Times nashri Buyuk Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatini e’lon qildi. Alisher Usmonov 11,33 mlrd funt sterling (14,72 mlrd dollar) boylik bilan reytingning 8-pog‘onsida bormoqda.
Tunis qirg‘og‘ida dahshatli to‘qnashuvda 60 muhojir halok bo‘ldi
Mehmonxonada bosqin: 70 kishi bino ichida qolmoqda Bir necha qurollangan kishilar Pokistonning Gvadar shahridagi Pearl Continental 5-yulduzli mehmonxonasiga bostirib kirgan. Bino ichida 70ga yaqin kishi, jumladan 40 ga yaqin Xitoy fuqarolari bo‘lgan. Biroq jabrlanganlar haqida ma’lumot tarqatilmagan.
2019 yilda O‘rta yer dengizida qancha migrant cho‘kib ketgani ma’lum bo‘ldi
Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yil boshidan buyon O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga o‘n yetti mingdan ortiq migrant va qochqinlar kelgan. Ularning 440 ga yaqini halok bo‘lgan yoki bedarak ketgan. Migrant va qochqinlarning Yevropa va rivojlangan davlatlarga intilishining asosiy sabablaridan biri sifatida ular yashayotgan mamlakatlarda ayni paytda urush ketmoqda, yoki ocharchilik yuz bermoqda. Ayniqsa, Suriya, Livan, Iroq va Afrika qit’asidagi qoloq davlatlarning fuqarolari to‘kin hayot istab ana shunday tavakkalga qo‘l urishmoqda. Eng achinarlisi, ularning ko‘pchiligi, ayniqsa, Yevropaga dengiz orqali borib qolmoqda. Biroq, dengizga otlangan muhojirlarning hammasi ham o‘z manziliga eson-omon yetib olmoqda deb bo‘lmaydi. Ularning aksariyati dengizdagi toshqinlar, yo‘llardagi turli baxtsiz hodisalar, to‘yib ovqatlanmaslik, boshpanasizlik sabab halok bo‘lishmoqda.
Masjidda yana otishma. Bu safar Londonda
London atrofidagi Ilford shaharchasida masjidda otishma sodir bo‘lgan. Buning oqibatida politsiya voqea joyiga yetib kelgan va binoni o‘rab olgan. Hudud politsiyasiga ko‘ra, otishmada hech kim jabr ko‘rmagan. Musulmonlar masjidiga uyushtirilgan hujum birinchisi emas. Joriy yilning 15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcherchidagi ikki masjidga qilingan hujum oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, yana shuncha kishi jarohatlangan edi.
Taniqli jurnalist mototsikldan yiqilib vafot etdi
Rossiyalik taniqli jurnalist, “Govorit Moskva” radiostansiyasi bosh muharriri Sergey Dorenko baxtsiz hodisa oqibatida 60 yoshida vafot etdi. Dorenko mototsiklda ketayotganda o‘zini yomon his qilgan va yiqilib tushgan. Shifokorlar uning hayoti uchun kurashishgan, biroq saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Rossiya dunyoda tengi yo‘q qiruvchisiga ega bo‘lmoqda
Joriy yilda Rossiya federatsiyasi Mudofaa vazirligi Su-57 qiruvchisi bilan boyitilishi kutilmoqda. Beshinchi avlodga mansub qiruvchi 5+ tizimidagi super dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu model 2019 yilning noyabr oyida Rossiya aviatsiyasi tarkibiga qo‘shib olinadi.
Ilk Su-57 seriyali qiruvchini mamlakat Havo-kosmik kuchlari qabul qilib oladi. Ko‘p bor ta’kidlanganidek, Su-57 loyihasi eng maxfiy loyiha bo‘lib qolmoqda.
Rossiya fuqarosi tomonidan pichoqlangan o‘zbekistonlik dafn etildi
Rossiyaning Tula viloyatidagi supermarketda pichoqlab o‘ldirilgan, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Amida Egamuratova 2 may kuni vatanda dafn etildi. Jasadni jo‘natish va dafn etish xarajatlarini rossiyalik ish beruvchi o‘z zimmasiga oldi. Marhumaning 3 nafar farzandi – Rossiya fuqarolari Tula viloyatida o‘z otalari – Rossiya fuqarosi qarmog‘ida qoldi.
Lazareva 65 million dollar evaziga ozodlikka chiqarildi
Quvayt sudi 2018 yilda Quvayt portidagi talon-tarojliklari uchun 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan rossiyalik tadbirkor Mariya Lazarevani 20 million dinor (65 million dollar) evaziga ozodlikka chiqardi. Shuningdek, uning hamkori Said Dashtiy ham noma’lum kishi tomonidan to‘langan garov puli evaziga vaqtincha ozodlikka chiqarilgan.
Rossiyada yo‘lovchi samolyot yonib ketdi. Qurbonlar soni 13 kishi
Moskva vaqti bilan soat 18:00 da Sheremetevodan Murmanskka parvoz qilgan SSJ-100 yo‘lovchi samolyoti yana aeroportga qaytish va favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Samolyot Moskva osmonida bir necha marta aylanib, keyin keskin pasaya boshlagan va 18:40 lar atrofida bir qanoti yonayotgan holda aeroportga qayta qo‘ngan. Shundan so‘ng laynerni olov to‘laligicha qabram oldi va odamlar tezlik bilan evakuatsiya qilingan. Yashin urishi taxmin qilingan falokat sabab 41 kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining “Sheremetevo” aeroportida samolyotning favqulodda qo‘nishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi.
SPORT
O‘zbek bokschilari “Gubernator kubogi”da ham birinchi
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘ninchi bor o‘tkazilgan turnirda o‘zbekistonlik bokschilar yuqori kayfiyatda ishtirok etishdi. O‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari Abdumalik Xalakov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-81 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.
Fazliddin G‘oibnazarovda ilk mag‘lubiyat
O‘zbekistonlik Olimpiya chempioni, 27 yoshli Fazliddin G‘oibnazarov professional boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. O‘zidan ancha novcha raqib bilan jang o‘tkazgan o‘zbekistonlik bokschi teng kurash olib borgan bo‘lsa-da, mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Hakamlarga ko‘ra, 10 raund davom etgan bahsda 96-92, 96-92, 95-93 hisobidagi farq bilan amerikalik bokschi g‘olib deb topildi.
Ushbu hafta sport olamida eng yorqin voqeliklar yuz berdi. UEFA chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “Enfild”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Liverpul” o‘yinchilari “super kambek”ni amalga oshira olishdi. Dastlabki o‘yinda “Nou Kamp”da 3:0 hisobida g‘alaba qozongan Valverdi shogirdlari bu kecha maydonni sharmandalarcha tark etdi.
Ikkichi javob uchrashuvi ham birinchisidanda qiziqarliroq o‘tdi. O‘z maydonida “Ayaks”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan “Tottenhem” jamoasi javob o‘yinida “kambek” amalga oshiroldi. Maurisio Pochettino shogirdlari javob o‘yinida Lukas Mouraning gollari evaziga turnir finaliga yo‘l oldi.
LiveBarchasi