“O‘tda yonmas, suvda cho‘kmas” Babayan o‘zbek futboliga qaytmoqda
Sport
−
09 iyul 2021
15605
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan joriy yilnig 10 iyul kunidan e’tiboran, “Navbahor” klubida rasman ish boshlashi kutilmoqda. Kecha, 8 iyul kuni klubning muxlislar kanalida “Navbahor” prezidenti Otabek Samatov Babayan bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabar berilgan edi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov bunga rozilik bildirsagina, terma jamoa sobiq ustozi “lochinlar” safida ish boshlashi aytilgan edi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, barchasi ijobiy hal etilgan va Samvel Babayan rasman “Navbahor”da ish boshlaydigan bo‘ldi.
Jamoa O‘zbekiston Superliga 1-turidan so‘ng sobiq murabbiy No‘mon Hasanovni iste’foga chiqargan edi. Superligasining 12-turidan o‘rin olgan “Andijon”ga qarshi uchrashuvdan so‘ng (0:1) esa Viktor Jalilovga ham chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, Babayan murabbiylik faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” klubida boshlagan. Keyinroq u Latviyaning “Spartak” va Toshkentning “Lokomotiv” va Xitoyning “Chanchun Yatay” klublarida ishlagan.