UTAX soliq maslahatchilari tashkiloti 15 yilligini nishonladi

Biznes

image

Kecha, 23 sentyabr kuni UTAX soliq maslahatchilari tashkiloti o‘zining 15 yillik yubileyini nishonladi. Bu sana kompaniya uchun bosib o‘tilgan yo‘lni sarhisob qilish, jamoa mehnatini e’tirof etish va hamkorlar ishonchi uchun minnatdorlik bildirish imkoniyati bo‘ldi.

“UNITED TAX ADVISORS” MCHJ 2011 yil 1 iyulda ro‘yxatdan o‘tgan. O‘tgan 15 yil davomida UTAX tadbirkorlar va kompaniyalarga soliq masalalarida amaliy yechimlar taqdim etib kelmoqda.

Bu davrda qonunchilik ham, biznes yuritish sharoitlari ham o‘zgardi. Kompaniyaning yondashuvi esa bir tamoyilga tayanadi: mijozga masalani hal qilishda yordam berish bilan birga, uning xabardor va asosli qaror qabul qilishiga ko‘maklashish.

UTAX soliq masalasiga faqat hisobot yoki tekshiruv doirasida qaramaydi. Soliq xavflarini vaqtida aniqlash, ularni kamaytirish va biznes faoliyati barqarorligini ta’minlash kompaniya xizmatlarining muhim qismidir.

Bugun UTAX jamoasida 50 dan ortiq mutaxassis faoliyat yuritadi. Ular orasida soliq va buxgalteriya hisobi sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega ekspertlar bor.

Kompaniya tadbirkorlarga soliq maslahati, ekspress-audit, soliq auditi, soliq nizolari bo‘yicha yordam, soliq yukini qonuniy optimallashtirish va kompleks soliq hamrohligi xizmatlarini ko‘rsatadi. Har bir masalada mijoz faoliyatining o‘ziga xos jihatlari o‘rganilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

15 yillik faoliyati davomida UTAX 1 200 dan ortiq mijoz bilan ishlagan, 100 dan ziyod yirik loyihalarda ishtirok etgan hamda 1 000 dan ortiq seminar va uchrashuvlar o‘tkazgan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mijozlar bilan ishlash jarayonida himoyalangan soliq xavflari hajmi 3,5 trillion so‘mni tashkil etadi.

UTAX’ning 15 yillik tarixi – jamoa mehnati, hamkorlar ishonchi va mijozlar bilan birga bosib o‘tilgan yo‘l tarixidir. Kompaniya kelgusida ham biznesga soliq masalalarida ishonchli va professional hamkor bo‘lishni maqsad qilgan.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing