O‘t balosi: Turkiyada yana o‘rmon yonyapti

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari yana avj olmoqda. Bu safar yong‘in noma’lum sabablarga ko‘ra, tunda Mug‘la viloyatidagi Dalaman tumanida boshlandi. Bu haqda “Cumhuriyet” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, shamol ta’sirida tez tarqalib ketgan yong‘inni o‘chirishga 5 ta birinchi yordam vositalari, 53 ta suv ombori, 17 ta suv tashuvchi tanker, 10 ta buldozer hamda o‘t o‘chiruvchilar jalb etilgan. 

Shuningdek, havo ochilishi bilan 3 ta samolyot, 16 ta vertolyot yong‘inni o‘chirish ishlariga qo‘shilgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘t o‘chiruvchilar hali ham yong‘inni o‘chirish uchun harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlangandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalib, ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik markazi — Antaliya bo‘ldi. Bir necha kun davom etgan yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi va 864 nafardan ortiq kishi jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'rmon yong'ini

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing