Usmonovning yaxtasi musodara qilingani rad etildi

Olam

image

Germaniyaning Gamburg o‘lkasi hukumati rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning qariyb 600 million dollarlik yaxtasi musodara qilingani haqidagi avvalgi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda “Spiegel” Gamburg iqtisodiyot va innovatsiyalar departamenti vakiliga tayanib xabar berdi.

“Gamburg portida hech qanday yaxta musodara qilinmadi”, degan departament vakili “Spiegel” nashriga. 

Shu bilan birga, Dilbar yaxtasi ayni paytda Blohm+Voss kemasozlik zavodida ta’mirlanayotgani ko‘rsatilgan. Ammo yaxta rasman musodara qilinganmi yoki yo‘qmi, uning Gamburg portini tark etishi ehtimoldan yiroq. Bunga sabab, gazetaning yozishicha, Ukrainadagi voqealar tufayli Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalardir.

Xususan, Gamburg parlamentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha a’zosi Maykl Vestagemanning aytishicha, Gamburg portidan Rossiyaga yuk tashish faqat maxsus bojxona ruxsatnomalari bilan amalga oshirilishi mumkin. 

“Bundan buyon yaxtalar [portdan] ketmaydi, deb taxmin qilish mumkin”, degan Vestageman.

Avvalroq “Forbes” jurnali manbalarga tayanib, nemis hukumati rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning qariyb 600 million dollarlik yaxtasini musodara qilgani haqida xabar bergandi. Ta’kidlanishicha, 156 metrlik Dilbar yaxtasi Germaniya shimolidagi Gamburg shahrida musodara qilingan.

Yevropa Ittifoqi 28 fevral kuni mamlakat siyosatchilari, jurnalistlari, madaniyat arboblariga, jumladan USM xolding asoschisi va eng yirik aksiyadori Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made