Usmonova mojarosi, majruh mafkura, Rossiyadagi migrantlar va madaniyat sohasidagi muammolar haqida Nazarbekov bilan suhbat

Intervyu

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon va “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. 

Ushbu hujjatlar mamlakat madaniyat va san’at sohasi vakillari orasida olamshumul yangilik sifatida qabul qilinmoqda. Farmon va qaror ko‘plab yangiliklarni, o‘zgarish va islohotlar, imtiyozlarni o‘z ichiga qamrab olgan. U bilan Madaniyat sohasi vakillarining maqomi oshirilmoqda. Mehnatga munosib haq to‘lash tizimiga o‘tilmoqda.

QALAMPIR.UZ Prezident imzolagan ikki hujjat va kutilayotgan o‘zgarish, mamlakat madaniyat va san’at sohasidagi bugungi muammolar va ularning yechimi, san’atkorlar madaniyati xususida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan suhbat qurdi. 

Suhbatda quyidagi mavzularda so‘z bordi: 

  • Mustaqillik yillari davomida O‘zbekistonda mafkura yaratilmagani va hamon sovet mafkurasini qo‘llab-quvvatlovchilar borligi;
  • Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlariga qaratilgan haqoratli chiqishini kim tinchitdi, ishni bosdi-bosdi qilishda Nazarbekovning qo‘li bor-yo‘qligi;
  • Yoshlarning asosiy qatlami maktabni bitirib, Rossiyaga borib ishlashni orzu va maqsadiga aylantirib olgani; 
  • O‘zbekistonda mualliflik huquqi ta’minlanmagani uchun san’atkorlar to‘yga bog‘lanib qolgani; 
  • Xonandalarning litsenziyasini olib qo‘yish bilan bog‘liq kurakda turmaydigan holatlar; 

Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Yulduz Usmonova Ozodbek Nazarbekov

Baholaganlar

1974

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing