Usmonov tarafdorlari XOQ rahbariga xat yo‘lladi

Sport

image

Rossiya Federatsiyasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Baxga Alisher Usmonovni Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti lavozimiga qayta tiklashni so‘rab, xat yo‘lladi.

“Inside the Games” nashriga ko‘ra, Baxga yo‘llangan maktubda “Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qilish va qilichbozlikka qaytishini ta’minlash, adolatni tiklash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish” so‘ralgan.

Maktubga ilova qilingan hujjatda aytilishicha, 100 dan ortiq davlat vakillari allaqachon petitsiyani imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov 2008 yildan beri ushbu xalqaro tashkilotni boshqarib kelayotgan edi. U 2012, 2016, va 2021 yillarda federatsiya prezidenti lavozimiga qayta-qayta saylangan.

2008 yildan beri Usmonov mazkur sportning rivoji uchun taxminan 90 million Shveysariya frankini sarflagan.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing